🍂Qishlash (Qiyinchiliklarga dosh berish kitobi) faslning o’zi kabi go’zal va shifobaxshdir. Ketrin Mey sovuq paytlar, «qorong’i kunlar va hayotimizning na oson, na yengil kechmagan qiyin damlarining hissiy, ma’naviy va geografik voqeligi xususida teran o’ylab ko’rgan. Shunday qilib, u o’z kitobxonlariga qishlash (qiyinchilik)dan qochib bo’lmasligi va undan qo’rqmasliklari kerakligini ko’rsatuvchi buyuk, insoniy xizmatlarini tortiq etadi. Bu haqiqatan ham ajoyib kitob.
«Qiyinchiliklar abadiy emas» kitobi xuddi sovuq kunlarda issiq choyshabingiz kabi siz kutgan kunlar kutilmaganda kelishini anglatadi. Qiyinchilik haqidagi ko’plab kitoblarda noqulayliklardan xalos bo’lish yo ‘llariga e’tibor beriladi, lekin bu kitob ajoyib samimiylik bilan hattoki, og’riqli bo’lsa ham, ularni boriga shukr qilish yaxshi ekanligini aytadi. Aslida esa, dunyoga keragi ham ana shu.
Reviews
There are no reviews yet.