Djon Koleman – amerikalik publitsist, Britaniya maxsus xizmatlarining sobiq xodimi. Djon Koleman 11 ta kitob muallifi, ularning ichida eng mashxuri bu – “Ko‘mita 300” (The Committee of 300) bo‘lib, dunyoning oligarxlar jamiyati, masalan Rotshildlar dinastiyasi va omma uchun yopiq jamiyatlar: Rim klubi, Tavistok instituti va boshqalarning faoliyati xaqidagi 30 yillik tadqiqotlari asosida yozilgan.
Ushbu kitobda Koleman dunyoda juda buyuk kuchga ega maxfiy tashkilot mavjudligi va uning tarkibiga Buyuk Britaniya, AKSH va boshka bazi davlatlarning elitasi kirishini, ularni yagona maqsadi – butun dunyoda yagona xokimiyatni o‘rnatib birlashtirishni aytib o‘tgan. Kolemanning ta’kidlashicha, o‘zlarining faoliyatini ko‘rsatmaydigan bu odamlarning rejalari sayyoramizdagi axoli sonini bir milliardga qadar qisqartirishdan iborat.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.