Hech sevgan insoningizni rashk qilganmisiz?
Xo’sh, sevgan insoningiz uchun o’zingizni unutgan, bor kuchingiz bilan o’zingizni qurbon qilgan, lozim bo’lganda, hech ikkilanmay o’zingizni baxshiyda qilgan va nihoyat buning uchun o’zingizdan o’z vaqtingizni o’g’irlagan paytlaringiz bo’lganmi?
Sevgan insoningiz uchun ko’p narsalarga chidab, bardosh berishga, azob chekishga, ojizlikni his qilishga majbur bo’lganmisiz?
Ana shunday og’riqli sevgining ichida o’zingizdan tobora uzoqlashayotganingizni his qilganmisiz?
Agar bularning barchasi sevgining yaxlit bir qismidek tuyulsa, demak, siz haqiqiy sevgida emas, balki sevgi deb o’ylagan tuyg’ularingiz
ichra yo’qolib bormoqdasiz. Sevgi toqat qilish, o’zingizni qurbon qilgan holda bu yo’lda barchasiga bardosh berish emas. Sevgi deb o’ylagan tuyg’ularingizni hayotingizdan chiqarib tashlashga muvaffaq bo’lganingizda, siz bilan birga qilgan mehnatingiz evaziga shakllanib boradigan betakror baxt, ishonch va xotirjamlik qoladi.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.